Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda virtual muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va uning ijtimoiy, psixologik va madaniy ta’sirlari o‘rganilgan. An’anaviy muloqot va virtual muloqot o‘rtasidagi farqlar, shuningdek, virtual muloqotning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Ushbu ishda virtual muloqotning yangi shakllari, xususan, onlayn ta’lim, kiberbulling, va sun’iy intellekt asosidagi aloqalar kabi zamonaviy muammolar yoritilgan. Maqola, muloqotning bu yangi shakllarini psixologik va lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilishni maqsad qilgan.